2019 yil yanvar-mart oylarida 2864,2 ming nafar O’zbekiston fuqarosi xorijga ketgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Сhet elga ketgan fuqarolarining asosiy safar maqsadi:

  • qarindoshlarni borib ko’rish — 54,8% (1 mln 570 ming);
  • ishlash — 31,0% (889,2 ming);
  • sayyohlik- 3,6% (102,5 ming);
  • doimiy yashash 3,3% (95,2 ming);
  • xizmat yuzasidan — 0,9% (24,9 ming);
  • tranzit — 0,8% (21,6 ming);
  • o’qish maqsadida — 0,6% (17,4 ming);
  • davolanish — 0,3% (8,1 ming);
  • boshqa maqsadlarda — 4,7% (134,9 ming).

2019 yil yanvar-mart oylarida chet elga ketgan O’zbekiston fuqarolarining yoshi bo’yicha taqsimlanishidan ko’rish mumkin, ularning 53,3% 31 — 55 yoshlilar, 31,2% 19 — 30 yoshlilar va 11,3% 56 yosh va undan kattalar tashkil etadi.

Sayyohlik maqsadida xorijda bo’lgan fuqarolarining 54,8% — 31 — 55 yoshlilar, 19,9% — 19 — 30 yoshlilar, 17,6% 56 yosh va undan kattlar tashkil etadi. O’qish maqsadida ketganlarning 85,9% — 19 — 30 yoshlilar, 6,9% — 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolar tashkil etadi. Хizmat maqsadlarida tashrif buyurganlarning 70,3% 31−55 yoshlilar, 19,0% 19 — 30 yoshlilar tashkil etadi.

Ilgari Spot Xorijga ko’chib ketgan O’zbekiston fuqarolari 43 mingdan ortgani haqida xabar bergan edi.