23 aprel kuni Meizu yangi 16s smartfonini namoyish etdi.

Yangi flagman Snapdragon 855 protsessori, 6−8 GB operativ va 128 Gb ichki xotira, 6,2 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekranning pastki qismida barmoq izlari skaneri mavjud. Meizu 16s ning batareya quvvati 3600 mA/soat.

Telefon 48 + 20 megapikselli (uch karralik zumni qo’llab-quvvatlaydi) qo’shaloq asosiy kamera va 20 Mp old kameraga ega.

Smartfon Android OS Pie’da ishlaydi, ikkita SIM-kartani va NFS kontaktsiz to’lov funksiyasini qo’llab-quvvatlaydi.

Meizu 16s qora, oq va gradient moviy rangda mavjud bo’lib, 6+128Gb versiya 476 $ga 8 +128 Gb model esa 520 $ga baholandi.