2019 yil yanvar-mart oylarida O’zbekiston bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 049,7 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 32,2% ga o’sishni ta’minladi. Bu haqda davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Respublika bo’yicha 2019 yil yanvar-mart oylarida 2018 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o’sish sur’ati ta’lim sohasida 37,3%, sog’liqni saqlashda 36,1%, bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida 35,1% va qurilishda 28,2% kuzatildi.

Ta’lim sohasida 22 947 ta muassasada 1 024,8 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 5 207,6 mlrd. so’mni tashkil etgan. Ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 693,9 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 37,3% ga o’sdi.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 575 ta korxonada 475,1 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 043,7 mlrd. so’mni tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 836,9 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 22,6%ga o’sdi.

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida 1 407 ta muassasada 444,6 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1 871,1 mlrd. so’mni tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1402,7 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 36,1%ga o’sdi.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida 205 ta korxonada 120,3 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 972,7 mlrd. so’mni tashkil etgan. Ushbu sohada ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 696,1 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 27,8% ga o’sdi.

Bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasi bo’yicha 941 ta muassasada 67,9 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 764,4 mlrd. so’mni tashkil etgan. Ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 752,3 ming so’mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 35,1% ga o’sdi.

O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko’rsatkichi respublika hududlari bo’yicha o’rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Navoiy viloyatida 2 806,3 ming so’mni, Toshkent shahrida 2 799,5 ming so’mni va Toshkent viloyatida 2 221,1 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, Farg’ona viloyatida 1 665,2 ming so’mni, Surxondaryo viloyatida 1 684,1 ming so’mni, Namangan viloyatida 1 692,2 ming so’mni tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo’lmoqda.