Surxondaryoda yetishtirilayotgan may oyida yetiluvchi ertapishar kartoshkalar Rossiyaga eksport qilinishi kutilmoqda.

Bu haqda Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi Elyor Toshpo‘latov Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumanida ma’lum qildi, xabar beradi O’zA.

O‘zbekiston kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisining aytishicha, Rossiya “Kartofelnыy soyuz"i O‘zbekistonga bir qancha talablar qo‘ygan. Ularga ko‘ra, kartoshkalar qadoqlangan va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan belgisi bo‘lishi so‘ralmoqda. Chunki bu kartoshkaga bo‘lgan talabni oshiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning 33 milliondan ortiq aholisining kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji 2 million 200 ming tonnani tashkil etadi.

O‘zbekiston hududida 78 ming gektar yerga kartoshka ekilishi ko‘zda tutilgan. Bu mo‘ljaldagi 2 mln. 200 ming tonna ko‘rsatkichni qoplashga yetadi.