Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga binoan O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan.
Shuningdek, konsepsiyaga muvofiq, quyidagilar amalga oshiriladi:
- xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
- yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;
- davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas.