Prezident “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.
Qarorga muvofiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi. Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.
Shuningdek, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari, xususan:
- “Aloqabank” AJ;
- “Qizilqumsement” AJ;
- “Coca-cola Ichimligi”;
- “Asia Alliance Bank” ATB;
- “Qizilqumsement” AJ;
- “Angren IES” AJ;
- “Turonbank” AJ qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.
Qarorga binoan, 6 mlrd 131 mln $lik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.