Bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan www.advice.uz portali rasman ish boshladi, xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Portal Adliya vazirligi, Buyuk Britaniyaning mashhur “Citizens Advice” tarmog‘i tajribalari asosida yaratilgan bo’lib, u orqali mehnat, oila, ijtimoiy himoya, soliq, uy-joy, sog‘liqni saqlash, transport va boshqa sohalardagi qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin.

Ma’lumotlar o‘zbek va rus tillarida, portalning “Chet elliklarga eslatma” bo‘limi esa arab, xitoy, rus, ingliz, fransuz, ispan tillarida yuritiladi.

Bundan tashqari, portalda maxsus onlayn-maslahatchi xizmati orqali ham huquqiy masalalarga yechim topish imkoniyati yaratilgan.

Ta’kidlanishicha, tez orada ryespublikaning har bir tuman (shahar)ida “Advice.uz"ning maslahat byurolari o‘z faoliyatini boshlaydi. Mazkur byurolar orqali ham turli hayotiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahat olish mumkin bo‘ladi.

Oktyabr oyida Spot turli sohalar (tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, huquqiy himoya va b.sh) bo‘yicha bepul maslahat beradigan “advice.uz” yagona ma’lumotlar portalining yaratish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edi.

“Citizens Advice” Britaniyaning mamlakat buyicha 316 mustaqil xayriya tashkilotlari tarmog‘i xisoblanadi. Tizim orqali ijtimoiy yordam, mehnat munosabatlari, qarzdorlik, is’temolchilarning huquqlarini himoya qilish, oila, uy-joy, sud-huquq, migratsiya sog‘liqni saqlash kabi sohalarda elektron portal, telefon, elektron va Webchat kabi xizmatlar orqali va telefon, elektron va Webchat xizmati yordamida bepul ravishda ma’lumot va maslaxatlar taqdim etadi.