Alisher Usmonovning boyligi, The Sunday Times gazetasining yozishicha, yil davomida 1 mlrd $ga oshdi va 14,7 mlrd $ga yetdi, xabar beradi “Forbes”.

Bu uning reytingda 8 o’rinni egallashiga imkon berdi.

Nashr 2018 yil yozida “Arsenal” ingliz futbol klubidagi 30% aksiyasini (715 mln $) klubning asosiy aksiyadori bo‘lgan sport magnati Sten Kronkega sotganini alohida qayd etdi.

Usmonov Britaniyada Sutton Place imoratiga ega va xayriya ishlari bilan shug’ullanadi. Misol uchun, Londondagi “Cutty Sark” kema muzeyi tiklanishini moliyalashtiradi.

Ilgari Spot Alisher Usmonovning O’zbekistondagi roli, Shavkat Mirziyoyevga bo’lgan munosabati va kelajakdagi rejalari haqida yozgan edi.

“O'zimni O’zbekiston rahbariyatining yordamchisi deb hisoblayman”, deya qayd etgan edi tadbirkor Forbes’ga bergan intervyusida.