O’zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo’lishi mumkin.

Respublikaga avtomobil yetkazib berish istagi haqida 15 may kuni bo’lib o’tgan o’zbek-fransuz biznes forumi davomida Renault Group’ning MDHga eksport qilish bo’yicha boshqaruvchi direktori Maksimilian Missan ma’lum qildi:

“Biz bu erda salohiyat borligini bilamiz, [O'zbekiston] bozorini tahlil qildik. Bilamizki, [iste'molchilarning] ma’lum kutilmalari bor”, — dedi Spot’ga bergan intervyusida kompaniya vakili.

Missanning so’zlariga ko’ra, kompaniya mamlakat bozoriga Lada (Renault guruhining bir qismi) avtomobillarini yetkazib berish bilan mamlakat bozoriga chiqishni boshladi.

“Endi biz Renault’ni taqdim etmoqchimiz va o’zbek iste’molchilariga huddi shunday mahsulot va xizmat ko’rsatish sifatini taklif qilish istagidamiz”, — deydi Maksimilian Missan.

Buning uchun kompaniya vakili soliqqa tortish va sertifikatlashtirish bo’yicha yordamga muhtoj ekanliklarini qayd etdi.

Maksimilian Missan ta’kidlashicha, kompaniya “O'zbekistonlik hamkasblari bilan Nissan platformasida hamkorlik qilish” imkoniyatini ko’rib chiqmoqda.

Ilgari Spot O’zbekistonda uch oy ichida taxminan 1200 dona Lada avtomobili sotilgani haqida xabar bergan edi.

Renault Group (Renault, Dacia, Alpine, Renault Samsung Motors, Lada brendlari) 1898 yilda tashkil etilgan Fransiya avtomobil kompaniyasi bo’lib, 134 mamlakatda faoliyat olib boradi, 39 ta zavodga ega. 2018 yil yakunlariga ko’ra kompaniya 3,9 million avtomobil sotdi, daromad esa 57 milliard yevrodan oshdi.