2019-yil yanvar-aprel oyida eksport hajmi 5,2 mlrd. $ga (o`sish sur`ati 14,3%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 1,2 mlrd dollarlik oltin eksport qilingan bo’lsa, ikki oy davomida oltin eksporti amalga oshirilmadi.

Yanvar-aprel oyida O‘zbekiston 5,2 milliard $lik mahsulotlar eksport qilgan bo’lsa, bundan 1,2 mlrd $ oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning shu davrida esa mamlakat 1,5 mlrd $lik oltin eksport qilgan.

Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 4 mlrd $ni tashkil etib, 32,4%ga o’sdi.

O’zbekiston 2019 yil 80 tonna oltin eksport qilishi kutilmoqda.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilgi oltin savdosi 2,9 mlrd. $ni tashkil qildi. O’zbekiston oltini asosan Shvetsariyaga eksport qilingan.