Sug’urta bo’yicha kompensatsiya olish uchun endi onlayn iltimosnoma berish mumkin. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.

YAIDXPning “Transport” bo‘limida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovini olish uchun elektron iltimosnoma berish” xizmati paydo bo‘ldi, xabar beradi “Norma”.

U barcha jismoniy shaxslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi Qonun asosida Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi xizmat ko‘rsatadi.