21 may kuni Londondagi taqdimotda Huawei sub-brendi Honor 20 va Honor 20 Pro namoyish etildi.

Ikkala smartfon ekranida 32-megapikselli (f / 2.0) old kamera joylashtirilgan dumaloq “o'yiq"ga ega. 6,26 dyuymli IPS displeylari (2340×1080 piksel) smartfonning 91,7%ini egallaydi. Ya’ni, har ikki model ham bir xil o’lchamda.

Barmoq izi skaneri yon yuzadagi tugmachaga o’rnatilgan, u 0.3 soniyada ishlaydi.

Honor 20 Pro’da to’rt asosiy kamera modullari mavjud: 48 Mp (f / 1.4), 16 Mp (f / 2.2, keng burchak), 8 Mp (f / 2.4, telefoto) va 2 Mp (f / 2.4, makro). ISO’ning sezgirligi 204800 gacha, uch o’lchamli optik, besh karra gibrid va o’ttiz karralik raqamli zum, shuningdek tungi rejim mavjud.

DxOMark mutaxassislari ushbu kamerani 111 ballga baholadi. OnePlus 7 Pro’da huddi shunday ko’rsatkich, Huawei P30 Pro va Samsung Galaxy S10 5G esa bir pog’ona yuqori.

Honor 20'da ham to’rtta modul mavjud: 48 Mp (f / 1.8), 16 Mp (f / 2.2, keng burchak), 2 Mp va 2 Mp (f / 2.4, makro. ISO sezuvchanligi 102400 gacha.

Har ikkala model ham yuqori darajadagi Kirin 980 protsessori, 8 Gb operativ va 256 Gb’gacha ichki xotiraga ega bo’ldi.

Honor 20'ning batareya quvvati 3750 mA/soat, Honor 20 Pro’da esa 4000 mA/soat. Tezda zaryadlashni qo’llab-quvvatlovchi SuperCharge 22,5W mavjud.

Yevropada Honor 20'ning 6/128 GB versiyasi 499 yevro, 20 Pro’ning esa 8/256 Gb versiyasi 599 yevro narx bilan sotuvga chiqariladi.

Honor 20 qora, ko’k va oq rangda, 20 Pro to’q yashil va binafsha rangida mavjud.