2019 yilning o`tgan davri mobaynida (yanvar-aprel) 514,9 mln $ miqdorida to`qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Bu ko`rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan 21,2% ga o`sib, umumiy eksport hajmining 9,8% ini tashkil qildi.

Eksport qilingan to`qimachilik mahsulotlari tarkibidan paxtadan yigirilgan ip (58,2%), tayyor to`qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (22,2%) asosiy ulushni egallagan.

Yil boshidan 246 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 47 та davlatiga eksport qilindi.

Mustaqillikka erishgan ilk yillarda respublika yengil sanoatida faqatgina paxta xom-ashyosi eksport qilingan bo`lsa, hozirda esa tayyor to`qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari yetkazib beruvchi eksportyor sifatida dunyo iqtisodiyotida o`z o`rnini egallab kelmoqda.