24 may kuni Toshkentda Startup Grind xalqaro mustaqil startap jamiyatining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Uchrashuvning mehmoni — aviatsiya va avtomobilsozlik sanoati operatsion boshqaruvi bo’yicha mutaxassis, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida lektor, do.IT.Women ko’ngillilar harakatining asoschilaridan biri, Tesla Motors’da amaliyot tajribasiga ega Shodiyabegim Baxtiyorzoda.

Suhbatning mavzusi: “IT-loyihalarni boshqarish yoki ayollarning istaklari”.

Uchrashuv davomida iftorlikka tanaffus rejalashtirilgan. Tadbirga tashrif buyurganlarni Safia qandolat uyi mehmon qiladi.

Bonus sifatida ishtirokchilarga Singapur “SovereignWallet"ning O’zbekistonda ochilayotgan vakolatxonasi rahbarlari tomonidan qisqacha taqdimot namoyish etiladi, unda kompaniya faoliyati va ularga bog’lanish imkoniyati haqida so’z boradi.

Tadbirga tadbirkorlar, IT-mutaxassislar, marketologlar, talabalar va boshqa manfaatdor tomonlar taklif etiladi.

Joy va manzil: Ground Zero Kitob Olami (Mustaqillik ko’chasi, 6−7). Tadbir 18:45 da boshlanadi.

Kirish bepul. Ro’yxatdan o’tish kerak.

Silikon vodiysida asos solingan Startup Grind millionlab tadbirkorlarga o’z bizneslarini yo’lga qo’yishga, strategik hamkorlar bilan bog’lanishga va sarmoya jalb qilishga yordam berdi. Ushbu loyiha GroundZero kovorking-markazlari tarmog’i hamkorligida amalga oshirildi.