Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 24 so’mga ko’tarilib, 8 485 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 66 so’mga ko’tarilib, 9 505 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 0,46 so’mga ko’tarilib, 131 so‘mni tashkil qildi.

Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so’mga pasayganidan so’ng ketma-ket ravishda ko’tarilmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.

Ilgari Spot aholi tomonidan mobil ilovalar orqali chet el valyutasi xarid qilinishi hajmi 432,3 mln $ni tashkil etgani va uch oy ichida pul o‘tkazmalari hajmi 1 mlrd $dan oshgani haqida xabar bergan edi.