2018 yilning 1 dekabrida “O'zbektelekom” internet kanallarining o‘tkazuvchanligi 10 barobarga oshirilishini e’lon qildi. Shunga qaramay, keyingi bir necha oy mobaynida simli va mobil internet tezligi barqaror past darajada qoldi.

Xususan, faqatgina 2019 yil aprel oyi natijalariga ko’ra, O’zbekiston Speedtest Global Index reytingida yetti o’ringa ko’tarilib, simli internet tezligi (11,8 Mbit/s dan 13,5 Mbit/s) bo’yicha 124-o'rinni egalladi.

O’zbekiston internet tezligi bo’yicha rivojlangan mamlakatlar ko’rsatkichlariga qachon yaqinlashishi haqidagi savolga “O'zbektelekom” AKning tijorat direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi Alisher Zufarov buning uchun ulanish texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanuvchilar sonini ko’paytirish zarurligini ta’kidladi.

“Agar bizni rivojlangan davlatlar bilan taqqoslasaydigan bo’lsak, ular ancha oldin butunlay optikaga o’tishganini tushunish kerak. O’tgan yili biz mamlakat bo’ylab jami 220 km dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalarini kengaytirishga va’da qilgan bo’lsak, bugungi kunda 5 ming km.dan ziyod o’tkazildi”, — deydi Alisher Zufarov.

Uning so’zlariga ko’ra, ADSL texnologiyasidan foydalangan holda internetga ulangan foydalanuvchilarning soni optik aloqadan foydalanayotganlarga teng.

“Mijozlarning optikaga o’tishlaridan manfaatdormiz. Biz 1 Mbit/s tezlikdagi cheklanmagan internetdan voz kechdik, endi eng past tezlik 40, 80 va hatto 100 Mbit/s ni tashkil qilishi uchun 2,4 Mbit/s tezlikdan voz kechmoqchimiz”, deydi “O'zbektelekom” vakili.

Alisher Zufarov qayd etishicha, bu optik tolali texnologiyani talab qiladi. Shu bois, bugungi kunda barcha kuchlar mazkur texnologiyalarni rivojlantirishga yo’naltirilmoqda.

Ilgari Spot “O'zbektelekom” operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirgani haqida xabar bergan edi.