O‘zbekistonda yil boshidan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari milliy valyutada ham, xorijiy valyutada ham keskin oshdi. Kredit bo‘yicha o‘rtacha stavka so‘mda 24,3%gacha, xorijiy valyutada esa 7,6%gacha o‘sdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 21,8% va 6,5%ni tashkil qilgan edi.

Spot lizing va kreditlashtirish sohasidagi kompaniyalar rahbarlaridan stavkalarning oshgani sababi, ularning yaqin vaqt ichida pasayishini kutish mumkinmi va buning uchun qanday sharoitlar lozimligi haqida so‘radi.

Gleb Chumichev

Infin Leasing direktori


Kreditlar bo‘yicha stavkalar ham barcha tovarlar narxlari kabi ehtiyoj va puldagi takliflarga bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda kreditlarga talab ularning iste’molchilari, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuqori. Va bu faqat hozirgi vaqtdagi alohida yangilik emas.

Bizning iqtisodiyotimizda kreditlarga talab hamisha baland bo‘lgan, chunki iqtisodiyotimiz rivojlanayotgan soha, investitsiyalarni jalb etishning muqobil manbalari esa yo‘q. Bizda sarmoya bozori mutlaqo rivojlanmagan, mo‘'tadil faoliyat olib borayotgan aksiyalar, obligatsiyalar bozori mavjud emas. Jumladan, MChJ shaklidagi korxonalar obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega emas, veksel va boshqa shu kabilarni chiqarish imkoniyati deyarli yo‘q. Shuning uchun kreditlar korxonalar uchun investitsiya jalb etishning yagona manbai bo‘lib qolmoqda.

Endi bozordagi pul taklifi, ya’ni kreditlarning narxi haqida. Bankdagi hisoblarda qancha ko‘p pul bo‘lsa, ularning kredit bozoridagi takliflari shuncha ko‘p bo‘ladi va kreditlar bo‘yicha stavkalar ham shuncha pasayadi.

Bank hisoblaridagi pullar — bu banklar mijozlarining va jalb etilgan mablag‘larning joriy qoldiqlari, ya’ni depozitlar. Hozir yuridik shaxslar muddatli depozitlarni banklarga yillik 12−16% diapazondagi stavkada joylashtiradilar. Jismoniy shaxslarga banklar asosan 20−22% stavkani taklif qiladi. 23% va undan yuqori foizdagi kreditlarni taklif qilganlarida banklar mana shu raqamlardan chetlashadi.

Shu bilan birga banklarga vaqti-vaqti bilan aholining turli qatlamlari va korxonalar turlarini imtiyozli kreditlash bo‘yicha turli dasturlarni kiritib qo‘yadilar. Bu yerda imtiyozli stavkalar “yuqoridan” turli qarorlar bilan belgilanadi va ular nari borsa qayta moliyalashtirish stavkasiga (yillik 16%), ko‘pincha undan pastroq foizga qo‘shiladi.

Shu o‘rinda banklarga imtiyozli kreditlashtirish uchun hech kim pul ajratmasligini qayd etish lozim. Bundan ko‘rinib turadiki, banklar imtiyozlilarni o‘z zarariga kreditlashtiradi va bu zararni joriy kreditlar bo‘yicha foizlarni oshirish yo‘li bilan boshqa mijozlar hisobiga yopishga majbur bo‘ladi. Oqibatda imtiyozlilarni oddiy qarz beruvchilar ta’minlaydi va imtiyoz oluvchilar ular hisobiga yaxshi yashaydilar.

2018 yil oxiri va 2019 yilning boshlarida tijorat banklari hisobidagi qoldiqlar bilan bog‘liq vaziyat oson emasdi — bo‘sh mablag‘lar yetishmasdi. Va ayni shu vaqtlarda depozitlarni jalb etish va kredit bo‘yicha stavkalar keskin o‘sdi.

Hozir banklarda pul bilan bog‘liq ahvol yaxshilandi, kredit stavkalari bo‘yicha pasayish borasida ayrim tendensiya mavjud. O‘ylaymanki, bu tendensiya rivojlanadi. Bunga mos ravishda depozitlar bo‘yicha stavkalar ham pasayadi.

Bir narsa kishini quvontiradi. Biz hozir kuzatayotgan kredit va depozit stavkalari bilan bog‘liq hamma narsa — bu kimningdir “yuqoridan” qabul qilgan qarori emas, balki asosan (imtiyozli dasturlardan tashqari) bozor mexanizmlarining aks etishidir. Bu o‘rinda hozir farmoyish va buyruqlar bilan emas, balki aksariyat hollarda bozorni bozor usullari bilan boshqarishga harakat qilayotgan Markaziy bank ishini e’tirof etish lozim, to‘g‘ri, bu hozircha butunlay yo‘q bo‘lmaganini ham tan olish kerak.

Jamshidbek Turdiqulov

Mikromoliya institutlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisining o‘rinbosari, Renesans Credit kompaniyasi bosh direktori


Foiz stavkasini bozor boshqaradi. Hozir o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda, biroq men yaqin kelajakda pasayish bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Keyingi vaqtlardagi o‘sish nima bilan bog‘liq? Birinchidan, so‘nggi ikki yil davomida kreditlashtirish bozorida talab takliflardan ko‘ra birmuncha yuqori bo‘ldi. Biz nima uchun talabni nazorat qila olmayotganimizning bir necha sababi bor: bu ham ajralib qolganlik va byurokratik to‘siqlar, ham rivojlanish va texnologiyalar olib kirishga bo‘lgan intilish, ham umuman aholining iqtisodiy faolligi va biznesning oshishi natijasidir.

Statistikaga e’tibor qarating: yil boshida jismoniy shaxslarning kredit kiritmalari umumiy qoldig‘i 24 trln 427 mlrd so‘mni, ya’ni tahminan mamlakat YaIMning 6% ini tashkil qildi (O‘zbekiston YIM 2018 yili 407 trln so‘m atrofida baholangan edi).

Masalan, Rossiyada uyga egalik kreditlari YIM ga nisbatan 17% atrofida, Turkiyada qariyb 16%ni tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yanada yuqori: Italiyada — 41%, Xitoyda — 52%, Germaniyada 53%, ayrim mamlakatlarda xatto YIMga nisbatan 100% dan ham ko‘proq (Kanada, Avstraliya, Shvetsariya, Niderlandiya). Shuning uchun talab bank va moliya sektorining sarmoyasi, depozit bazalariga nisbatan nomuvofiq o‘sishda davom etadi.

Ikkinchi — banklar o‘rtasida depozitchilar uchun raqobat boshlandi, buning natijasida depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘sa boshladi. Markaziy bank saytidagi ma’lumotga ko‘ra, jismoniy shaxslarning bir yildan ortiq vaqtdagi depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foizlik stavkasi 19%dan ortiq, yuridik shaxslarniki esa 15−16%ni tashkil qiladi.

Ya’ni, xatto hozirgi vaqtda kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foizlik stavka 24%dan ko‘pligi dalilini hisobga olganda ham, banklar marjasi atigi 8−9%dan iborat.

Bu o‘rinda oddiy narsani tushunish lozim: bu 8%da bankning depozitlar jalb etish, kreditlarni ko‘rib chiqish va xizmat ko‘rsatish, qarz hisoblari bilan ishlashga ketadigan harajatlar, shuningdek, soliq va toza foyda ham o‘z aksini topgan.

Prezidentning 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida banklarga kredit buyurtmalariga xizmat ko‘rsatish yoki ko‘rib chiqish uchun komissiya olishni ta’qiqlovchi band bor.
Biroq, buni qanday atamaylik, biz banklar baribir hatto rad etilgan buyurtmalar bo‘yicha ham sarf-harajat qilishini tushunishimiz lozim, chunki moliyaviy, xodimlar va texnologik resurslar ishga solinadi. Agar avval buning uchun alohida komissiya to‘lovlari bo‘lgan bo‘lsa, endi bu harajatlar ayni foiz stavkalariga kiritiladi.

Yana bir omil — innovatsion va moliyaviy texnologiyalar borasidagi qoloqlik, ular kreditorni o‘rganish, baholash, skoring va boshqa harajatlarni kamaytirish imkonini bergan bo‘lar edi. Har bir buyurtmani qo‘l tartibida o‘rganish ham bank harajatlarini ko‘paytiradi.

Samarali menejment-tavakkallarning mavjud emasligi uchun moliya tashkilotlaridagi nodolzarb qog‘oz ijodkorligini ham shular sirasiga kiritish mumkin. Hozirga qadar to‘rtta ko‘z qoidasi saqlanib qolmoqda, samarali menejment-tavakkalni joriy etib, undan osongina qutulish va shu tarzda xodimlar resurslariga harajatlarni kamaytirish mumkin. Hozir esa banklar ortiqcha kadrlarni saqlashga majburlar.

Biroq, bank-moliya sohasida baho belgilanishida bozor yondashuviga o‘tish kuzatilayotgani quvontiradi.

Stavkalarni pasaytirishga sharoit yaratish uchun birinchidan kapital bozorini, ikkinchidan — kredit tarixi bozorini rivojlantirish lozim, bu ham mijozni o‘rganish harajatlarini kamaytirish imkonini berishi mumkin.

Uchinchidan — yaqin kelajakda biz bozorda xorijiy bank-moliya ishtirokchilari paydo bo‘lishini kutyapmiz, ular o‘zlari bilan yaxshi ishlangan texnologiyalar va moliyaviy resurslar olib keladi.

Shu bilan birga nobank kredit institutlarini ham rivojlantirish zarur, ular banklardagi kreditlarga yuklamalarni pasaytirishga yordam beradi.

Yana bir jihat — davlat imtiyozli kreditlashtirish dasturlarini birlashtirish lozim, ular bilan bir agentlik yoki bir bank shug‘ullanishi maqsadga muvofiq. Barcha boshqa banklar va moliyaviy institutlarni bu dasturlardan xoli qilish lozim, chunki ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun banklar yetarlicha resurslarni safarbar qiladi va qisman bu harajat ham tijorat kredit stavkalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.