Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyatida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Targ‘ibot natijalariga ko‘ra, davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit olish istagini bildirgan 20 ta tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan jami 412 million 900 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi, xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.

Joriy yilning may oyida Zomin tumanida 11 ta, Baxmal tumanida 10 ta, Forish tumanida 2 ta, jami 23 ta tadbirkorlarga oilaviy mehmon uylari tashkil etildi.

Qayd etish lozimki, bunga qadar viloyatda 11 ta oilaviy mehmon uylari mavjud bo‘lib, ular soni bir oy davomida 2 baravarga oshgan, ayni vaqtda ularning soni jami 34 tani tashkil etmoqda.

Ilgari Noman Ikramjanov turistlar uchun oilaviy muhitli mehmon uyi yaratish borasida biznesni qanday yo‘lga qo‘yish kerak va mavsum avjida qancha daromad qilish mumkinligi haqida Spot uchun maxsus so’zlab bergan edi.