7−8-iyun kunlari Namanganda “Doing business with Namangan” xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o’tgan forumda 320 mln $lik bitimlar imzolandi, xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati Avstriya kompaniyalari “АМЕ International GmbH” и “AVK GmbH” vakillari bilan 10,5 mln $ miqdorida foizsiz kredit jalb etgan holda Namangan viloyati kardiologiya markazining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha uch tomonlama Memorandum imzoladilar.

Hindistonning “Ultimate Investment” kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra Namangan viloyati hokimiyati bilan mehmonxonalar va biznes markazi qurish bo‘yicha umumiy qiymati 50 mln $ bo‘lgan bitim imzolandi.

Shuningdek, Xitoyning “Yantag Jimpeng Mining” kompaniyasi bilan Pop tumanida foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha 40 mln $lik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Rossiyaning “Торговый дом Тавифа” kompaniyasi bilan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bo‘yicha 30 mln $lik kelishuvga erishildi.

Forumning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra umumiy qiymati 170 mln $ga teng 24 ta investitsiya bitimi va eksport shartnomalari imzolandi. Ikkinchi kuni yana 15 ta bitim imzolandi. Jami umumiy qiymati 320 mln $ga teng 39 ta hujjat imzolandi.

Forum doirasida Namangan viloyati hokimligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mintaqada birinchi bor eksport qiluvchilarni qo‘llab quvvatlaydigan va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari katalogini o‘z ichiga oladigan “Made in namangan” portali ishlab chiqildi va ishga tushirildi.