3 iyundan 9 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 658 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21,1% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,5% ikkinchi va 30,4% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 725,1 mlrd so‘mdan 439,2 mlrd so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 553,9 ming $lik tovarlar sotildi.