Bank xodimlari 100 ming dollarni o’zlashtirganliklari fosh etildi, xabar beradi IIV matbuot xizmati.

6 fevral kuni Farg‘ona viloyatida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilgan.

Natijada 100 000 $ yo‘qligi aniqlangan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.