Ilgari Spot xabar berganidek, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida beriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflarni qabul qilish bo’yicha 1 apreldan 30 aprelgacha respublikaning barcha tuman xokimliklarida va oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalar tuzildi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lum qilishicha, tuman (shahar) hokimliklarida va Oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan komissiyalarga xozirgi kunda jami 468 nafar nomzodlar ko‘krak nishoniga hujjatlar topshirgan:

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdim etilgan takliflarni mazkur hudud yoki respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni ushbu hududga yoki respublika iqtisodiyotiga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi va 3 nafardan tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlarini 20 iyungacha Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadilar.