Umumiy ovqatlanish tarmoqlari soliqlarning hatto 30%ini to’lamaydi, deya ta’kidladi Davlat soliq qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Mubin Mirzayev.

“U yerda yangi soliq konsepsiyasini joriy qilish bilan bog’liq bo’lmagan kreditlar va boshqa masalalar bor edi. Agar ular soliqni to’liq hisoblab chiqqanlarida va to’laganlarida yangi konsepsiyaning kiritilishi kompaniyaning zarar ko’rishiga olib keldi deb aytish mumkin bo’lar edi. Bu unday emas”, dedi Davlat soliq qo’mitasi raisining o’rinbosari.

Caravan Group asoschisi Timur Musin restoran biznesi bo’yicha soliq yuki 3−3,5 barobar ko’paygani, asosiy muammo korxonalar qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidagi ulushi 60% dan 80% gacha bo’lgan asosiy xarajatlar bo’yicha QQSni hisobga olmasligida deya qayd etgan edi.

Bu oxir-oqibat QQSni aslida 18%gacha bo’lgan ayirboshlash solig’iga aylantiradi, deb hisoblaydi Musin.

“Umumiy ovqatlanish tarmoqlari YSTda soliqlarni to’lamadilar va keyinchalik ham to’lashni istamaydilar. Ular faqat shu narsaga ko’nikib qolishdi”, — dedi Mubin Mirzayev 12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tgan brifingda.

Uning so’zlariga qaraganda, bu sohadagi muammolar faqat kompaniyalar qishloq xo’jalik mahsulotlarini hisobga olmasligidan iborat emas. Hisobga olish mexanizmi joriy etilsa ham, biznes soliq to’lamaydi, deya hisoblaydi Davlat soliq qo’mitasi raisining o’rinbosari.

Ilgari Spot dori-darmon, kitob va gazetalar faoliyati bo‘yicha QQS imtiyozi qoldirilib, qolgan barcha sohalar bo‘yicha QQS imtiyozini bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.