Samsung 180 dollarlik Galaxy A10e'ni taqdim etdi.

Yangilik Galaxy A10 ning soddalashtirilgan versiyasiga aylandi. Smartfon tomchisimon “o'yiq"ga ega 5.83 dyuymli Infinity-V displeyi bilan jihozlandi. Qurilma asosiy 8 megapikselli kameraga ega bo’lib, 3000 mA/soat batareya va 32 Gb ichki xotiraga ega.

Kompaniya Galaxy A10e ning boshqa xususiyatlarini oshkor qilmadi, lekin manbalarga ko’ra, qurilma MediaTek Helio P22 protsessorida yoki 2/3 Gb operativ xotira bilan bog’langan Exynos 7884 chipsetida ishlaydi. Smartfonlda barmoq izlari skaneri mavjud emas.

Qurilma kelgusi kunlarda AQShda 179 $ga teng narx bilan sotuvga chiqariladi.