Xavfsizlikni ta’minlovchi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Securing Sam ma’lumotlariga ko’ra, xakerlar hujumidan kuchsiz himoyalangan texnika — bu IP kameralar bo’lib, mazkur qurilmalar uy tarmoqlarida mavjud zaif himoyalanadigan qurilmalarning 47%ini tashkil qiladi.

Odatda, arzon kameralar kuchsiz himoya qilish tizimiga ega, shuning uchun ham bir qurilmani buzgan holda, tajovuzkorlar bir xil toifadagi boshqa modellarga qanday ega bo’lishni osonlik bilan tushunishlari mumkin.

“Eng jiddiy hujumlar IP-kameralarga qaratilgan. Odatda, aksariyat odamlar yaxshi va eng zamonaviy kuzatuv kameralarini sotib olish uchun ko’p pul sarflashga tayyor emaslar, shuning uchun ular arzonroqlarini xarid qilishadi. Bu juda zaif qurilmalar”, — deydi Securing Sam xodimi Omri Mallis.

Kuzatuv kameralari kuchsiz qurilmalarning deyarli yarmini tashkil etgan bo’lsa-da, yana bir qator yomon himoyalangan elektronika mavjud.

Ular quyidagilar:

  • iP — videokuzatuv kameralari;
  • ma’lumotlarni saqlaydigan qurilmalar;
  • printerlar;
  • iP-telefonlar;
  • televizorlar.

Securing Sam rahbari Sivan Rausher so’zlariga ko’ra, ko’pchilik televizorlar va boshqa maishiy texnika xakerlarni qiziqtirmaydi, deb o’ylashadi. Shu bilan birga, kam sonli odamlar ular orqali shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga ahamiyat beradi.

Eng kamida, xakerlar oddiy foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini sotishi mumkin — bunday tovar uchun esa xaridor doim topiladi.