2019 yilning yanvar-may oyida benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yanvar-may oylarida O’zbekiston 389 ming tonna benzin ishlab chiqardi, o’tgan yilning shu davrida esa 466 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Dizel yoqilg’isi hajmi ham qisqarib, 437,4 ming tonnani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 495 ming tonna dizel yoqilg’isi ishlab chiqarilgan.

Elektr, gaz, bug' bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 8,3 trln. so’mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,9% ni) tashkil etdi.

2019 yilda sanoatning mazkur tarmog’ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug' bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalash o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga oshganligi kuzatildi.

Ilgari Spot joriy yilda avtomobil ishlab chiqarish hajmi keskin ortgani haqida xabar bergan edi.