“Kvars” AJ ustav kapitalidagi 20 foiz davlat aksiyalari paketini bosqichma-bosqich fond birjasida SPO o‘tkazish orqali sotish mo‘ljallangan bo‘lib, dastlab joriy yilda aksiyalar paketining 5 foizi sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Biznes-Daily mazkur aksiyadorlik jamiyati rahbari Akmal Po‘latov bilan suhbatlashdi:

“Kvars” aksiyadorlik jamiyati nafaqat респуб­ликаmизда, balki Markaziy Osiyoda yirik iqtisodiy salohiyatga va o‘zining munosib o‘rniga ega. Korxonada avtomobil sanoati uchun oyna, shisha banka, listlangan oyna, butilka va o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqariladi.

Agar korxona 1991 yilda besh turdagi shisha bankalari, to‘qqiz turdagi shisha idishlar ishlab chiqargan bo‘lsa, bugungi kunda 20 turdagi shisha banka va 170 turdagi shisha butilka, 10 mln. m2 dan ziyod qurilish oynasi ishlab chiqarmoqda.

Ushbu mahsulotlar oziq-ovqat, qurilish hamda avtomobilsozlik sanoatlari va boshqa sohalarda hamda aholi tomonidan keng miqyosda ishlatilmoqda. Жаmият­niнг shisha bankalar ishlab chiqarish sexi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, liniyaning yillik quvvati 219 mln. donani tashkil etadi.

Butilka ishlab chiqarish sexida Germaniyaning “Yem-xart” kompaniyasi uskunalari asosida yangi liniya ishga tushirilishi natijasida yillik quvvat 120 mln. donaga yetdi. Silliq oyna ishlab chiqarish sexi “Tekint” (Italiya) firmasi ishtirokida modernizatsiya qilindi, uning yillik quvvati 10 mln. m2 ga yetkazildi.

Korxonani yangi texnika-texnologiya bilan jihozlashda Rossiya Federatsiyasi, (“Steklopak”), Xitoy (“Shanghai Pony Technology Co.,LTD” va “Sinoma”), Germaniya (“HORN Glass Industries AG”), Italiya (“BOTERRO” va “BDF”), shuningdek, Chexiya, Fransiya kabi davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Kerakli xomashyo esa asosan o‘zimizdan — Navoiy, Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Респуб­ликаси korxonalaridan olinadi. Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida qadoqlash materiallari sexi, markaziy laboratoriya, texnik nazorat bo‘limining o‘ziga xos rol o‘ynashini alohida ta’kidlash joiz.

Aytganlaringizga qo‘shimcha sifatida korxonaning qanday afzallik jihatlarini alohida ta’kidlashingiz mumkin?

O‘ylashimcha, har qanday korxona o‘z maqsadini ifodalovchi shioriga ega bo‘lishi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti қои­даси. Bizning shunday maslagimiz — xalqaro standartlarga javob beradigan va bozor talabidagi mahsulotlar turini doimiy ravishda ko‘paytirib borish.

Missiyamiz esa iste’molchilarimiz va boshqa manfaatdor tomonlar ehtiyojini qondirish yo‘li bilan barqaror foyda olish uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Maqsadimiz korxona mavqeini mustahkamlash, sifat menejmenti tizimi natijadorligini дои­mий oshirib borishga qaratilgan.

Shiorimizga mos bo‘lish, maqsad va mиссия­mизga erishish uchun jamiyat haqida aholi va инвес­торларni ko‘proq xabardor qilgan holda iste’molchilarimiz doirasini, ko‘rinishi va texnik хусусият­лари bilan ularning talablariga mos yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish orqali tovarlarimiz bozorini kengaytirishga, mijozlarga yoqmaydigan mahsulotlar yetkazishni bartaraf etishga harakat qilmoqdamiz.

Shu kabi omillar respublikamizda ilk bor jamiyat aksiyalarini birlamchi (IPO) ommaviy taklif etish jarayonida o‘zining ko‘magini berganiga shubha yo‘q. Chunki mamlakatimiz fond bozori tarixida ilk bor o‘tkazilgan IPO muvaffaqqiyatli kechdi. Shu o‘rinda aksiyalarni IPO usulida sotish korxonaga nima bergani haqida to‘xtalsangiz.

“Kvars” aksiyadorlik jamiyati tomonidan nominal qiymati 1715 so‘m bo‘lgan 7846011810 so‘mlik 4574934 dona oddiy aksiya chiqariluvi 2017 yil 2 oktyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, 5 dekabrda “Toshkent” respublika fond birjasi savdolariga qo‘yildi.

Buyurtmalar berish tugashi sanasiga kelib “Kvars” AJning 2475269 dona aksiyasini sotib olish bo‘yicha 3000 so‘mdan 9100 so‘mgacha bo‘lgan narxlar oralig‘ida 3305 nafar jismoniy va yuridik shaxsdan buyurtmalar tushdi. Bu sotuvga qo‘yilgan 4574934 dona aksiya­ga nisbatan 54,1 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yilning 4 aprel kuni ushbu buyurtmalar bo‘yicha birja savdolari o‘tkazildi. IPO natijalariga ko‘ra, “Kvars” AJ qo‘shimcha 7523,81 mln. so‘mlik aylanma mablag‘ga ega bo‘ldi. Mazkur mablag‘ning bir qismi IPOni o‘tkazish bo‘yicha qilingan xarajatlarni qoplashga yo‘naltirildi. Qolgani korxonani rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan loyihalarga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, yangi zamonaviy uskunalarni o‘rnatishga sarflanishi ko‘zlangan.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘tgan yilning 9 aprelidan fond birjasining ikkilamchi bozorida “Kvars” aksiyalari oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar tuzila boshlandi, bugungi kunda aksiyalarning IPO yakunida joylashtirilgan narxi 3039 so‘mga nisbatan birjadagi kotirovka qiymati 2,5 baravar oshib, 7500−8000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Korxonamizning 2018 yil yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston kapital bozorida eng yaxshi” yillik tanlovining “Eng yaxshi korporativ boshqaruv” nominatsiyasida g‘olib deya tan olinishini ham aksiyalarimiz ommaviy savdosining muhim samaralaridan biri, deyish mumkin.

Korxonani rivojlantirish strategiyasini tilga oldingiz, unda qanday loyihalarni amalga oshirish belgilangan?

Hozirda aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan strategiya asosida ishlab chiqarishni faol modernizatsiya qilish, energiyani tejovchi liniyalarni o‘rnatish, ishlab chiqarish hajmini va aksiyadorlar daromadini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohot amalga oshirilmoqda.

Unga ko‘ra, oynalarga keramik bo‘yoqlar bilan tasvir tushirishga mo‘ljallangan zamonaviy texnologiya (Germaniya) xarid qilindi. Buning natijasida O‘zbekistonda ilk bor dekorativ tasvirlar tushirilgan, rangi o‘chib ketmaydigan тоб­ланgaн oynalar hamda undan tayyorlangan buyumlarni yaratish imkoniyati vujudga keldi.

Bundan tashqari, zamon talablariga javob beruvchi dizayndagi shisha idishlar ishlab chiqarish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan konstruktorlik byurosi hamda metallni qayta ishlash bo‘limidagi dastgohlarning yangilanishi (AQSH texnologiyasi) natijasida iste’molchilarning buyurtmasi asosida turli konfiguratsiyali va dizayndagi shisha idishlar qoliplari tayyorlanib, ular asosida ko‘plab yangi turdagi shunday mahsulot tayyorlanmoqda.

Joriy yilda loyiha qiymati 70,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan, quvvati sutkasiga 400 tonna listlangan oyna ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi float
liniyasini qurish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy texnologiyali (Yevropa, Xitoy) mazkur loyihani ishga tushirish natijasida yillik oyna ishlab chiqarish hajmi 2 baravar ko‘payib, 22,2 mln. kv.metrga yetadi, oyna qalinligi va o‘lchamlari kengayadi, energiya xarajatlari kamayib, mahsulotni eksportga chiqarish imkoniyatlari ortadi.

Shuningdek, qiymati 1,55 mln. yevroga teng shisha mahsulotlar sifati va raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qiluvchi kvars qumini boyitish texnologik liniyasini o‘rnatish, qiymati 8,3 mln. yevroga teng shisha idishlar ishlab chiqarish sexining 1- va 3-bo‘limlarida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, tabiiy gaz va elektr energiyasi sarfini kamaytirishga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Korxona aksiyalarini SPO usulida sotish jarayoniga tayyorgarlik qanday ketyapti? Bunda nimalarga e’tibor berilyapti?

Albatta, bu borada IPOni o‘tkazish bo‘yicha ilk tajriba qo‘l keladi, degan umiddamiz. SPO orqali investorlarni jalb qilishda emitent sifatida sohaning yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda harakatlar rejasi asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Investorlarga, keng ommaga taqdim etish uchun korxona faoliyati to‘g‘risida reklama roliklari, turli taqdimot materiallari tayyorlanyapti.

Korxonamiz moliyaviy holatining barqarorligi, aksiyalari qiymatining oshib borish tendensiyasi va boshqa juda ko‘p omillar SPOga minglab yangi investorlarni jalb etish omili bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.