Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 26 so’mga ko’tarilib, 8 562 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 165 so’mga ko’tarilib, 9 731 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 2 so’mga ko’tarilib, 135 so‘mni tashkil qildi.

Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so’mga pasayganidan so’ng ketma-ket ravishda ko’tarilmoqda.

Ilgari Spot aholi tomonidan mobil ilovalar orqali chet el valyutasi xarid qilinishi hajmi 432,3 mln $ni tashkil etgani va uch oy ichida pul o‘tkazmalari hajmi 1 mlrd $dan oshgani haqida xabar bergan edi.