Sirdaryo viloyatidagi mavjud IESni davlat-xususiy sheriklik asosida yangilash rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo IES loyihasini amalga oshirish yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot’ga Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Agentlik joriy yilning so‘ngiga qadar ushbu loyiha yuzasidan tender jarayonini boshlashni taklif qilmoqda.

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari eng avvalo Sirdaryo IES loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli ma’lumotlarni hukumat taqdim qilgan xolda, ushbu jarayonni yil ohiriga qadar boshlash imkoniyati mavjudligini qayd etdi.

2.6 gVt quvvatiga ega bo‘lgan Sirdaryo IES loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Birinchi bosqichda quvvati 1.3 gVt bo‘lgan birlashgan-siklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stansiyasini qurish masalasi o‘rganilmoqda.

Tomonlar muhokamalar vaqtida shuningdek shamol va quyosh energetikasi potensiali va bu borada ham DXSh loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashishdi.