Toshkent shahar hokimligi Sayilgoh ko‘chasidagi ko‘chma kioskalar auksionga qo’yilganini ma’lum qildi.

Sayilgoh ko‘chasidagi 40 ta hamda Sharof Rashidov va Buyuk Turon ko‘chasida joylashgan 7 ta yengil turdagi savdo shoxobchalarini ijaraga olish huquqi auksionga qo’yildi.

Kioskalardan har birining boshlang‘ich ijara narxi 8 mln so‘m. Har bir pavilonga bo‘lgan ijara xuquqi shartnomasi 5 yil muddatga tuziladi.

Auksion savdosi 4 iyul kuni soat 15:00 dan boshlab o‘tkaziladi. Arizalar rasmiy ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi (13:00 dan 14:00 gacha tushlik). Arizalar 2019 yil 2 iyul kuni soat 18:00gacha qabul qilinadi.

Ko‘chma kioskalar 2019 yil 4 iyul kunigacha sotilmagan taqdirda ularning takroriy savdosi 19 iyul kuni soat 15:00 da o‘tkaziladi. Takroriy savdolarga arizalar 17 iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: 71 228−79−52.