LG kompaniyasi 26 iyun kuni Hindistonda hamyonbop W-seriya smartfonlarini taqdim etdi. Birinchi qurilmalar LG W10, LG W30 и LG W30 Pro bo’ldi.

LG W10

Smartfon 6,19 dyuymli (HD+) FullVision displeyiga ega plastik korpusga ega. Yuqori qismda 8 megapikselli old kamera va LED chirog’i mavjud. Qurilma 8 yadroli MediaTek Helio P22 protsessorida ishlaydi. Operativ xotira hajmi 3 Gb, ichki xotira esa 32 Gb.

Qurilmaning xususiyatlaridan 13 Mp + 5 Mpli qo’shaloq kamerani, Face Unlock funksiyasi va 4000 mA/soat batareyani keltirish mumkin. Smartfon Android OS 9 Pie versiyasida yetkazib beriladi.

LG W30

Qurilma LG W10'dan tomchisimon “o'yiq"ga ega 6,22 dyuymli displey, 12 MP + 13 Mp + 2 Mpli asosiy uchtalik kamera va 16 Mp old kamera bilan farqlanadi. Boshqa xususiyatlari bir xil.

LG W30 Pro

Smartfon Snapdragon 632 protsessori, 4 Gb operativ va 64 Gb ichki xotiraga ega. Bundan tashqari, Pro versiyasi Stereo Puls ovozi va kamera modullari bilan ajralib turadi: 13 Mp + 8 Mp + 5 Mp.

LG W10 va LG W30 3 iyul kuni 130 $ va 144 $ narxlarda sotuvga chiqariladi. LG W30 Pro qachon sotuvga chiqarilishi va narxi ma’lum qilinadi.