Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • Oltin tanga narxi 900 ming so’mga ko’tarilib 15,2 million so’mni tashkil etdi.
  • Kumush tanga narxi 9 ming so’mga ko’tarilib 263 ming so’mni tashkil qildi.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.