2019 yilning I choragida o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 783,3 mln $ni tashkil etib, yillik prognozga nisbatan 11%ni tashkil etdi.
Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Markaziy bankning 2019 yil I chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish to‘g‘risidagi hisobotiga bergan sharhida ma’lum qildi.
Statistik hisobotlarga asosan 2018 yilning mos davriga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi (325,8 mln $) 457,5 mln $ga yoki 2,4 marta oshgan.
2019 yil 5 oy yakuni bilan o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 mlrd $ni yoki yillik prognozga nisbatan 40%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 3,7 mlrd $ni yoki yillik prognozga nisbatan 52%ni tashkil etishi kutilmoqda.
“So‘nggi yillarda investitsiya hajmlarining o‘sishi, neft-gaz sektori kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha an’anaviy tarzda e’tirof etiladigan sohalar bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda kuzatilmoqda”, deyiladi xabarda.
Masalan, metallurgiya sanoati (2018 yilga nisbatan 2,4 marta oshgan), to‘qimachilik (2,7 marta), oziq-ovqat (3,1 marta), farmatsevtika (6,3 marta).
Hududiy loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2018 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 4 barobarga oshganligini qay etildi.