LG kompaniyasi yangi LG Stylo 5 smartfonini taqdim etdi.

Smartfon bir nechta rangli metall korpus va 6,2 dyuymli displey (Full HD+)ga ega. Sakkiz yadroli protsessor qurilmaning ishlashi uchun javob beradi, ammo afsuski, aynan qanday protsessor ekanligi haqida xabar qilinmadi. Yangilik Android 9 Pie OSda ishlaydi.

Qurilmada 3/32 Gb xotira, Google Lens’ni qo’llab-quvvatlaydigan 13 Mp asosiy kamera, 5 Mp old kamera, 3500 mA/soat batareya va orqa tarafda barmoq izlari skaneri mavjud.

Qurilmaning asosiy xususiyati Screen-off Memo va Draw Chat funksiyalariga ega ekanligidadir. Birinchisi qulflangan ekranda ham qaydlarni, ikkinchisi esa ularni matnli xabarlarga qo’shish imkonini beradi.

LG Stilo 5 220 $ narx bilan sotuvga chiqarildi.