O’zbekiston startaplari Rossiyaning Ferring-Generation S akseleratoriga taklif etilmoqda. Bu haqda CAT Science Accelerator ma’lum qildi.

Reproduktiv salomatlik va tug’ilishning terapevtik sohalaridagi klinikagacha bo’lgan tadqiqotlar va undan yuqori bo’lgan bosqichdagi loyihalar ishtirok etishi mumkin.

Qidiruv sohalari qatorida — yangi peptid preparatlari, dori-darmonlarni yetkazib berishning yangicha tizimlari, genetika va genomika, hamda reproduktiv tibbiyot sohasida katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun yangi diagnostika vositalari va raqamli yechimlarni yaratish kabilar mavjud. Faqatgina 9 ta yo’nalish.

Ishtirok startaplarga tanlov yo’nalishidagi taniqli mutaxassislarning fikr-mulohazalarini qabul qilish, butun dunyo bo’ylab Ferring laboratoriyalarida amaliyot o’tash va loyihaning rivoji uchun 10 ming yevrogacha bo’lgan pul mukofotiga ega bo’lish imkoniyatini beradi.

Havola orqali batafsil ma’lumotga ega bo’lish va ariza topshirish mumkin.