24 iyundan 30 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 739 tadan 649 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49,9% ikkinchi va 31,6% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 855,7 mlrd so‘mdan 801,3 mlrd so‘mgacha kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 1,8 mln $ni tashkil etdi.