Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida „Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish“ (2-qo‘shimcha moliyalashtirish)” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya banki mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, Yevropa investitsiya bankining (YIB) 100 mln yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarni xarid qilish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Agar YIB bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, YIB kreditidan bitta tashkilotga beriladigan kreditning summasi 10 mln $dan, sanoatning bitta tarmog‘ida sanoat korxonalariga beriladigan kreditlarning miqdori 30 mln $dan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

YIB kreditini qaytarish, shuningdek, foizlarni to’lash va u bo’yicha boshqa xarajatlar ishtirok etuvchi tijorat banklarning (“O'zsanoatqurilishbank”, “Qishloq qurilish bank”, “Hamkorbank”, “Asia Alliance Bank” va “Mikrokreditbank”) mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.