Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida davlat muassasasi shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun innovatsion texnoparkni ham o‘z ichiga oluvchi “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy vazifalaridan etib quyidagilar belgilandi:

  • zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish;
  • yoshlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil tadqiqotchilik va tadbirkorlik faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni rag’batlantirish;
  • yoshlarda mustaqil tadqiqotchilik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
  • Kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishga ko’maklashish va kichik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda venchur fondlarini jalb qilishda amaliy yordam berish;
  • yosh tadbirkorlarga o‘z biznesini samarali yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish.

Markaz faoliyati Sirdaryo pedagogika kollejiga qarashli bo‘lgan 1 va 2-son talabalar yotoqxonasida tashkil etiladi.