O’zbekiston fuqarolari Yakutiya milliy kutubxonasining elektron kutubxonasidan foydalanishlari mumkin

Tegishli kelishuv 2 iyul kuni Yakutiya milliy kutubxonasi direktori o’rinbosari Vasiliy Borisov va Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Maruf Abdushukurov o’rtasida imzolandi, xabar beradi YMK.

Mazkur kelishuv O’zbekiston fuqarolariga Yakutiya milliy kutubxonasiga kiritilgan raqamli kitoblardan foydalanish imkonini beradi.

Yakutiya milliy kutubxonasining elektron kutubxonasi — milliy kutubxonaning raqamli to’plamiga kirish imkonini beruvchi axborot tizimi hisoblanadi. Hozirgi kunda kontent hajmi 20 mingdan ortiq hujjatni o’z ichiga oladi.