3 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiyalash va isloh qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” yangi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar bo’yicha fikr yuritildi:

  • 5 mln yevro moliyaviy qiymatga ega yangi loyiha doirasida Germaniya tajribasiga asosan O‘zbekistonda kasbiy malaka standartlarini ishlab chiqish;
  • o‘zaro hamkorlikda kasbiy malakani baholash markazini tashkil etish;
  • yo‘l qurilishi sohasida kasbiy ta’lim beriladigan o‘quv markazini ochish.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar ko‘rib chiqilgan takliflarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishga kelishdi.