Qozog’istonda yig’ilgan Ravon Nexia R3 rasmiy dilerlarning ko’rgazma zallarida paydo bo’ldi, deb yozadi Kursiv.kz.

Qozog’istonlik xaridorlar uchun Comfort va Optimum komplektatsiyasi sotiladi.

Ma’lum qilingan yonilg’i sarfi shaharda 8−9.3 litrni tashkil etadi. Noldan yuzga qadar tezlashuvga 12,3 soniya talab etiladi.

Avtomobil immobilayzer, oldingi xavfsizlik yostiqchalari, ESC, ABS, hamda Era-Glonass sistemasi bilan jihozlangan.

Nexia R3 mahalliy ishlab chiqarilganligi tufayli imtiyozli kreditlash dasturi (nominal ko’rsatkich — yillik 4%) doirasida mavjud. Bundan tashqari, O’zbekistondan import qilinadigan avtomobillarga nisbatan arzonroq bo’ladi.

Sedan narxi 3,8 mln tengedan boshlanadi. Ishlab chiqaruvchi 5 yil yoki 100 ming km uchun kafolat beradi.

Bugungi kunga kelib, Kostanay zavodida faqat R3 modelini yig’ish rejalashtirilmoqda. Ammo keyinchalik modellar qatori kengaytirilishi mumkin.

Joriy yilda Qozog’iston ichki bozorida 6 mingta, eksport uchun esa 10 mingta, xususan Rossiya bozoriga 16 mingta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.