O’tgan oyda Xaiomi kompaniyasi Redmi K20 smartfonlarini namoyish qilgan edi va bugungi kunda ishlab chiqaruvchi “Qasoskorlar: Final” filmiga bag’ishlangan Redmi K20 Pro-ning maxsus versiyasini taqdim etdi.

Smartfon Redmi K20 Pro Marvel Hero Limited Edition nomi bilan chiqdi va to’q rangli orqa panel, hamda g’aroyib dizaynga ega bo’ldi. Yangilik 8 Gb oprerativ va 256 Gb ichki xotira versiyasida sotuvga chiqariladi. Smartfonning narxi hali e’lon qilinmadi, ammo u 450 $dan oshadi.

Smartfonning yuragiga 7 nanometrli Snapdragon 855 javob beradi. Smartfondagi siljiydigan old kamera (0.8 soniya) 20 Mp, asosiy kamera esa uchtalik — 48 Mp + 12 Mp + 8 Mp. Asosiy sensor — Sony IMX586.

Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan tezda quvvatlagichga (27 Vt) ega 4000 mA/soat batareyani, USB-C va NFC port, 7-avlod ekran quyi qismi skaneri, quloqchinlar uchun joy va Hi-Res Audio texnologiyasi qo’llab quvvatlanishini ajratib ko’rsatish mumkin.