WebMoney O’zbekiston aholisi uchun elektron hamyon taqdim etdi.

WMY nom belgilari tizim foydalanuvchilariga mobil aloqa, Internet, kommunal xizmatlar, onlayn o’yinlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Global va milliy xizmatlar WMY belgisini qabul qilishni boshlaydi. WebMoney orqali to’lash nafaqat onlayn to`lovlar, balki bu tizim kafelar, restoran va do’kon egalariga QR koddan foydalanib naqdsiz to’lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

WebMoney tizimi O`zbekiston tadbirkorlariga tovar va xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini ochib berib, uning yordamida xorijiy va mahalliy xaridorlardan to’lovlarni qabul qilish imkonini yaratadi.

WMY hamyonini Uzcard bank kartalaridan, Oson va Paynet mobil ilovasi orqali, shuningdek naqd pulda Paynet to`lov shaxobchalari va infokiosklarida to’ldirish mumkin.

Hamyondan nom belgilarini Uzcard kartalari va bank hisob raqamlari orqali qaytarib chiqarish mumkin. Undan tashqari, WMY nom belgisini tizimdagi istalgan nom belgisiga ayrboshlash va butun dunyo bo’ylab WebMoney tizimiga ulangan 100 mingdan ortiq onlayn-do'konlarida xarid qilish imkonini beradi.

WebMoney tizimini O`zbekiston hududida faoliyat kursatishida XATB “Turkiston” muxim o`rin egallab, WMY nom belgisining emitenti vazifasini bajaradi.

“Turkiston banki O`zbekistonda innovatsion loyixalar va elektron tijoratni rivojlantirishga o`z hissasini qo`shish maqsadida bir qator xalqaro elektron tijorat vakillari bilan hamkorlikni boshladi. WebMoneyning kelishi O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun muhim yo`lboshchi bo’lib, fuqarolarning onlayn xarid qilishga bo’lgan ishonchini oshiradi. O’zbekistonda sotuvchilar va xaridorlar WebMoney Transfer tomonidan ishlab chiqilgan o’nlab qulayliklardan foydalanishlari mumkin. Onlayn to`lovlar, ommaviy to’lovlar, bitimlarni himoya qilish va boshqa-boshqa xizmatlar. Ushbu loyihaga biz 2018 yil MChJ „Brio Group“ jamoasi bilan birga kirishdik. MChJ „Brio Group“ va XATB „Turkiston“ o`rtasida WMY nom belgilari emissiya shartnomasi imzolangan”, — dedi XATB “Turkiston” boshqaruv raisi o`rinbosari Furqat Aliyev.

WebMoney tizimining WMY nom belgisi kafili huquqiga “Oson” mobil banking tizimini ishlab chiqaruvchisi va operatori, moliyaviy texnologiyalar sohasida ish olib boruvchi MChJ “Brio Group” kompaniyasi ega bo`ldi.

WebMoneyning O’zbekistondagi rasmiy sahifasi — www.webmoney.uz.