Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3,6 so’mga ko’tarilib, 8 578 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 119 so’mga pasayib, 9 628 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 1,3 so’mga ko’tarilib, 134 so‘mni tashkil qildi.

Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so’mga pasayganidan so’ng ketma-ket ravishda ko’tarilmoqda.

2019 yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4,5 mln $ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yil 1-chorakda qayd etilgan 2,4 mln $ga nisbatan 88,1% ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.