Uzcard tizimida “sms-xabarnoma” xizmatiga belgilangan to‘lov narxi oshirildi. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.

Xabarga ko’ra, mobil operatorlar 2019 yil 15 iyuldan “SMS-xabarnoma” xizmati tomonidan 5800 qisqa raqamdan yetkaziluvchi (MCHJ Play Mobile) har bir kirish xabarnoma narxi 84,2 so‘mni tashkil etadi.

Play Mobile ma’lumotlariga ko’ra, harajatlarning oshishi, qimmatbaho asbob-uskunalarni sotib olish to’lov narxining 42,1 so’mdan 84,2 so’mga oshirilishiga sabab bo’ldi.

May oyida “SMS-xabarnoma"ga ulanganlarga xizmat narxi oshirilishi haqida xabar yuborilgan, biroq Uzcard’da bu ma’lumot inkor qilingan edi.