Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekistonning “O‘rmon to‘g‘risida"gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Unga ko’ra O‘rmon fondi yerlari O‘zbekiston fuqarolariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga davlat-xususiy sheriklik asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga berilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlari quyidagilarni barpo etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 50 yilgacha muddatga ijaraga berilishi mumkin:

  • yangi o‘rmonzorlar;
  • dorivor o‘simliklar.

23 iyulga qadar havola orqali muhokamada qatnashib, o’z fikr va mulohazalarni bayon qilish mumkin.