10 iyuldan Toshkentning bir nechta bozorlari yaqinidagi yo‘llar bo‘ylab to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va videokameralar ish boshlaydi, xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Chilonzor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida 4 ta statsionar avtomatlashtirilgan kameralar o‘rnatilgan.

Hozirgi vaqtda Abu-Saxiy, Bek Topi, Ippodrom, O‘rikzor bozorlari yo‘llarida avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilgan bo‘lib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

O‘rnatilgan kameralar 360 gradusga o‘girila oladi. Avtomobil mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtagach, videokamera avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) vaqtni va “qoidabuzar” avtomobilning davlat raqamini qayd etadi.

Ma’lumotlar onlayn-tarzda bazaga yo‘naltiriladi, u yerda esa AutoCon-SC/M dasturiy ta’minot jarima solish bo‘yicha Qarorni shakllantirib uni “O‘zbekiston pochtasi” AJga qoidabuzarga jo‘natish uchun yo‘llaydi.

MIB, o‘z navbatida, transport vositasi egasining nomiga rasmiylashtirilgan mulkka taqiq qo‘yadi. Ushbu sanksiyalar qoidabuzar-avtomobil egasiga oldi-sotdi kelishuvlarini olib borishga yo‘l qo‘ymaydi. YHQni buzganlik uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lamaslik ham qo‘shimcha moddiy harajatlarga olib keladi.