Prezident “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq, “O‘ztransgaz” AJni “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidan chiqariladi va “O‘zbekneftgaz” AJning “O‘ztransgaz” AJ ustav kapitalidagi ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

“O‘ztransgaz” AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari negizida “Hududgazta'minot” AJni tashkil qilinadi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uning aksiyadori etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar hisobiga gaz transport tizimining “zaif” jihatlarini bartaraf etish va uning tranzit salohiyatini rivojlantiriladi:

  • gaz quvurlari va kompressor stansiyalarini, shu jumladan, XMI/XHMT mablag‘larini jalb etish orqali qurish, rekonstruksiya qilish;
  • yer osti gazni saqlash stansiyalarida tabiiy gazni saqlash hajmlarini oshirish;
  • yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida tabiiy gaz oqimlarining monitoringi va boshqaruvi tizimini (SCADA) hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish;

“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning bozorlar, savdo va chorvachilik komplekslari ustav kapitalidagi ulushlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, hamda uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning servis tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ustav kapitalidagi ulushlari Agentlikka beriladi.