O’zbekistondagi mingdan ziyod yoqilg‘i quyish shoxobchalarini auksion savdolari orqali sotiladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga binoan quyidagilarni amalga oshirishning muqobil tizimi joriy qilinadi:

  • “O‘zneftmahsulot” AJ tasarrufidagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi 1 381 ta avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini tadbirkorlik subyektlariga auksion savdolari orqali sotish;
  • olis, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Gaz ta’minoti bo‘yicha viloyat, tumanlararo (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz ta’minoti obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida gaz taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish uchun xususiy operatorlar boshqaruviga bosqichma-bosqich beriladi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan, avval qabul qilingan hukumat qarorlariga muvofiq sotish ko‘zda tutilgan aktivlarini, sotuvga qo‘yilgan paytdan boshlab bir oy davomida talabgorlar bo‘lmagan taqdirda boshlang‘ich narxni qadam-baqadam pasaytirish yo‘li bilan sotiladi.