Farg’ona vodiysida yangi “Chaqar” gaz koni ochildi, xabar beradi “O'zbekneftgaz” matbuot xizmati.

“Chaqar” strukturasi Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududida joylashgan. Joriy yilning mart oyida mutaxassislar 2-quduqni burg‘ilashni boshlashgan.

2019 yil 10 iyulida esa 1710 metr chuqurlikda tabiiy gazning sanoat oqimi olindi, uning sutkalik debiti 300 ming m3 miqdorida.

Yaqin kelajakda qatlamlarning ko‘lamini aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqodlarini o‘tkazish hamda kon-geofizika tadqiqodlarining to‘liq kompleksini o‘tkazgan holda yana ikkita quduq burg‘ilash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Mo‘ynoq hududida joylashgan “Oraliq” konida tabiiy gazning dastlabki oqimi olindi.

Yangi kondagi 1-qidiruv qudug‘ining chuqurligi 3910 metrni tashkil etadi. Sinov ishlarining natijalariga ko‘ra bu quduqda tabiiy gazning sanoat oqimining sutkalik debiti 300 ming m3 miqdorida.